20:11 / 05.06.2015
2220

Bishkekda davom etayotgan xotira turnirida o‘zbekistonlik yunon-rim kurashchilari 3ta medalni qo‘lga kiritishdi

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti. 75 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Dilshod Turdiyev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

59 kg vazn toifasidagi bahslarda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan Feruza To‘xtayeva kumush medalga sazovor bo‘ldi. 80 kg vazndagi hamyurtimiz Besiki Soldadze esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Top