17:49 / 05.06.2015
2665

Computex 2015: Dell yangi noutbuk hamda shaxsiy kompyuter taqdim etdi

Computex 2015 ko‘rgazmasida Dell kompaniyasi XPS hamda Inspiron modelidagi noutbuklarni, shuningdek, Inspiron 3000 monoblok shaxsiy kompyuterini taqdim etdi.

Inspiron 7000 noutbuki 15,6 dyuymli Full HD ekran, Intel Core i7 protsesseri hamda 4 GB tezkor xotira bilan jihozlangan. Shuningdek, bu noutbukning suv o‘tkazmaydigan klaviatura hamda alyumindan yasalgan korpusga transformer versiyasi ham mavjud.

Inspiron 5000 noutbuki yaqinda taqdim etilgan AMD Carrizo protsessorida ishlaydi. Noutbuk 14, 15,6 hamda 17 dyuymli uch xil ko‘rinishga ega. 15,6 hamda 17 dyuymli versiyalari sensorli ekran bilan jihozlanadi. Bu qurilmalar ba'zi mamlakatlarda 14 dyuymli modeli 499 dollar, 15 dyuymli ko‘rinishga ega versiyasi 599 hamda eng katta 17 dyuymli turi 699 dollar narxda sotuvga chiqib ulgurgan. Noutbukning Intel Braswel protsessorida ishlaydigan versiyasi joriy yilning avgust oyida taqdim etiladi.

Dell monoblok ko‘rinishdagi shaxsiy kompyuteri ham AMD va Intel protsessorli versiyalari mavjud. Inspiron 24 23,4 dyuymli Full HD displeyga ega. Inspiron 20 versiyasiga 19,5 dyuymli displey o‘rnatilgan va bu model faqatgina Intel chipi bilan taqdim etiladi.

Monobloklarning boshlang‘ich narxi 329 dollarga teng. 

Top