06:26 / 05.06.2015
2462

FIFA Irlandiya futbol uyushmasiga Fransiya bilan o‘yinda hakam qilgan xato uchun 5 mln yevro to‘lagan

Irlandiya futbol uyushmasi (FAI) FIFAdan 2010 yilgi jahon chempionati uchun saralash davrida Fransiya terma jamoasi bilan o‘yinda hakam tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato uchun 5 mln yevro miqdoridagi tovon puli olinganini tasdiqladi. Bu haqda uyushma bosh direktori Jon Dileyni RTE Radio 1 efirida ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yilning 18 noyabrida Fransiya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida fransuzlar hujumchisi Terri Anri qo‘li bilan to‘pni o‘ziga to‘g‘rilab olib, gol urgan va terma jamoasini JAR maydonlaridagi mundialga olib chiqqandi. Keyinroq Anri bu qilmishini tan olgan.

Dileynining qayd etishicha, Irlandiya futbol uyushmasi o‘shanda bu holat bo‘yicha sudga murojaat qilmoqchi bo‘lgan, lekin FIFA "ishni bosdi-bosdi qilish" uchun 5 mln yevro berishi evaziga bu niyatidan qaytgan va "turli ehtiyojlar" uchun bu tovon pulini olgan.

Top