16:57 / 05.06.2015
4401

«Oryol i reshka. Shoping» ko‘rsatuvi ijodkorlari Samarqandda osh tayyorlash jarayonini suratga olishdi

Ommabop teledasturlardan biri sanalgan «Oryol i reshka. Shoping» ko‘rsatuvi Samarqandga tashrif buyurdi.

Manbaning yozishicha, ko‘rsatuv ijodkorlari shahardagi «Sabina» restoranida osh tayyorlash jarayonini suratga olishgan. «Bu yerda osh chempionati g‘olibi taniqli oshpaz – Abdumannon Nusratov osh tayyorladi», deb yoziladi xabarda.

Hozircha ko‘rsatuvning tafsilotlari mualliflar tomonidan sir tutilmoqda. Vikipediya nashri bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Samarqandda suratga olingan ko‘rsatuv joriy yilning 10 iyul kuni efirga uzatilishi kerak.

«Oryol i reshka. Shoping» teleloyihasi «Oryol i reshka» ko‘rsatuvining bir qismi bo‘lib unda asosan dunyoning turli burchaklaridagi an'analar suratga olinadi. Ko‘rsatuv Ukrainaning K1 va «Inter+» telekanallari orqali namoyish etiladi.

Top