06:18 / 05.06.2015
7348

O‘zbekiston yirik yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushini 51 foizgacha kamaytiradi

O‘zbekiston yaqin ikki yil ichida qo‘shimcha aksiyalar chiqarish hisobiga 14ta yirik yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushini 51 foizgacha kamaytirishni mo‘ljallamoqda.

Ayni paytda bu ulush 86 foizdan 53 foizgachani tashkil qilmoqda. Xususan, 113,4 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJda davlat ulushi 63 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istondagi “Chimbay may” AJ ning aksiyalari nazorat paketi (90,2 foiz)ni xorijiy investorga sotish mo‘ljallanmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda 50ta yog‘-moy korxonasi faoliyat yuritadi.

Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2015 yilda o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmi yiliga 2011 yildagi 255 ming tonnadan 274 ming tonnagacha oshadi. Bu asosan soya, kungaboqar va maxsar o‘simliklaridan olinadigan o‘simlik yog‘i hisobiga amalga oshiriladi.

Top