15:11 / 05.06.2015
5692

O‘zbekistonda Demokratiya va inson huquqlari instituti tashkil etildi

2015 yil martidan O‘zbekistonda Demokratiya va inson huquqlari instituti nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda institut direktori Sayyora Xo‘jayeva xalqaro davra suhbati chog‘ida ma'lum qildi.

4 iyun kuni Toshkentda o‘tkazilgan davra suhbati “O‘zbekistonda parlament demokratiyasini rivojlantirish: milliy tajriba va xalqaro amaliyot” deb nomlanadi. Tadbir tashkilotchilari – Demokratiya va inson huquqlari instituti, inson huquqlari bo‘yicha respublika milliy markazi va Fridrix Ebert jamg‘armasi.
Tadbir doirasida institutning taqdimoti o‘tkazildi. Ta'kidlanishicha, uning asosiy maqsadi davlat hokimiyatida demokratik prinsiplarni rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish madaniyatini targ‘ib qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida demokratik prinsiplarga tayanilishiga ko‘maklashishdir.

Sayyora Xo‘jayevaning “Jahon” axborot agentligiga bergan ma'lumotlariga qaraganda, ayni paytda joylarda institutning to‘rt filiali tashkil qilingan.
Tadbir yakunlariga ko‘ra parlament nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.a

Top