Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbass hududida qalbaki grivnalar bosilayotganini aytmoqda. Bu haqda UNIAN axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bizda Donetsk hududida tayyorlangan qalbaki grivnalarning ilk namunalari bor. Biz Ukrainaning moliya-bank tizimini himoya qilishimiz lozim”, deb aytdi Poroshenko.
Poroshenkoning aytishicha, Ukraina janubi-sharqida moliya-bank tizimi davlat regulyatori banklarning faoliyatini Ukraina qonunchiliga muvofiq tartibga solishni amalga oshira olishi bilan yana normal ishlashni boshlaydi.
Avvalroq Donetskdagi ayirmachilar maoshlarini qalbaki grivnalarda olayotganlari ma'lum qilingandi.