06:30 / 05.06.2015
8994

Putin xorijda kuch ishlatish imkoniyatidan foydalanishi mumkin

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin o‘zining konstitutsion huquqi sifatida xorijda kuch ishlatish imkoniyatidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Prezident o‘zining istalgan konstitutsion huquqidan foydalanishi mumkin. Bu uning huquqi”, deb ta'kidlab o‘tdi Peskov.

Qayd etilishicha, Rossiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident buni amalga oshirishdan avval Federatsiya kengashidan xorijda kuch ishlatishga ruxsat olishi kerak bo‘ladi.

Top