16:16 / 05.06.2015
2059

«Real» Kazemironi «Portu»dan qaytib sotib oldi

2014-2015 yilgi mavsumni "Portu”da o‘tkazgan 23 yoshli yarim himoyachi Kazemiro faoliyatini “Real”da davom ettiradi. Bu haqda madridliklarning rasmiy saytida xabar qilingan.

Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni Portugaliya klubida ijara asosida o‘tkazgandi. Keyin “Portu” shartnomadagi banddan foydalanib, uni sotib oldi.

Ammo o‘sha shartnomada agar “Real” xohlasa, Kazemironi qaytib sotib olishi mumkin, degan band ham bor edi. “Qirollik klubi” mazkur banddan foydalandi.

Top