15:48 / 05.06.2015
1869

Shahzoda Garri ritsarlik rutbasiga sazovor bo‘ldi

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri qirolicha Yelizaveta II ga sadoqat bilan xizmat qilgani uchun ritsarlik rutbasiga ko‘tarildi. Bukingem saroyida buning yuzasidan yopiq marosim o‘tkazildi.
Qirolicha nabirasiga odatda suverenga taqdim etiladigan unvonni tortiq qildi. 30 yoshli Garri Qirollik Viktorian ordenining ritsar-komandirligiga musharraf bo‘ldi.
Charlz va Dianalarning kichik o‘g‘li iyun oyida armiyani tark etadi. Xizmatining o‘n yili davomida u ikki marotaba Afg‘onistonda bo‘ldi. U bir qator xayriya tashkilotlari, jumladan, Help for Heroes’ni qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan shug‘ullandi.
Xizmati yakunlangach, Garri Afrikada ekologik loyihalarni amalga oshirishni va britaniyalik nogiron urush faxriylariga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Top