11:53 / 05.06.2015
2155

Surxondaryoda soxta yog‘ ishlab chiqaruvchilar qo‘lga olindi

Denov tumanining Navro‘z mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M. Karimov, T. Xonimov va A. Mamatqulovlar o‘zaro til biriktirib, ikkinchisining yordamchi xo‘jaligida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qo‘lbola moyjuvoz yordamida chigitdan yog‘ va kunjara ishlab chiqarayotgani aniqlandi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, sexdan moyjuvoz, 14.1 tonna chigit, 200 kg kunjara, 220 kg yog‘, 150 kg paxta tolasi va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olinib, hujjatlashtirildi. Viloyat sinov va sertifikatlashtirish markazining xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simlik yog‘i davlat standarti talablariga javob bermaydi va iste'molga yaroqsizdir.

Top