10:54 / 05.06.2015
2842

Toshkentda marixuana bilan qo‘lga tushib, qochib ketgan shaxs uch oydan so‘ng qo‘lga olindi

“Erkin” yo‘l-patrul xizmati maskanida oldidan marixuana chiqib, huquq-tartibot xodimlaridan qochib ketgan Sharif Mansurov oradan uch oy o‘tib qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, 1986 yili tug‘ilgan Mansurov Captiva mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan paytda shubha uyg‘otganligi bois tekshirib ko‘rilgan. Uning yonidan gugurt qutisiga solingan marixuana moddasi topilgan. Ammo Mansurov voqea joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Shundan so‘ng u o‘z faoliyatini davom ettirgan. U To‘ytepa shahridagi tashlandiq istirohat bog‘ida sheriklari B. Nasriddinov va A. To‘rayevdan ikki dona gugurt qutisidagi marixuana moddasini 200 ming so‘mga sotib olgan. So‘ng uni dozalarga bo‘lib, pullay boshlagan. Jumladan, tanishi Z. Haitovga bitta o‘ramni 40 ming so‘mga sotgan.

U molini boshqa shaxslarga o‘tkazayotgan paytda voqea ustida qo‘lga tushgan.

Top