16:45 / 05.06.2015
2172

U-19 Osiyo Chempionati saralashiga qur'a tashlandi

5 iyun kuni Kuala-Lumpur shahrida U-19 Osiyo chempionati-2016 saralash bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston U-19 terma jamoasi saralash bosqichining “A” guruhidan joy oldi. Jasur Abduraimov shogirlari ushbu bosqichda Bangladesh, Pokiston, Shri-Lanka hamda Butan jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

 “A” guruhi o‘yinlari shu yilning 28 sentabridan 6 oktabrigacha Shri-Lankada bo‘lib o‘tadi.

Qur'a natijalariga ko‘ra barcha guruhlar quyidagicha ko‘rinish olgan:

“G‘arb” mintaqasi
A guruhi: O‘zbekison, Bangladesh, Pokiston, Shri-Lanka (mezbon), Butan
B guruhi: Yaman, Saudiya Arabistoni (mezbon), Turkmaniston, Suriya
C guruhi: BAA, Falastin (mezbon), Hindiston, Afg‘oniston
D guruhi: Qatar (mezbon), Ummon, Livan, Qirg‘iziston
E guruhi: Eron (mezbon), Quvayt, Iordaniya, Nepal
F guruhi: Iroq, Baxrayn, Maldiv, Tojikiston (mezbon)

“Sharq” mintaqasi
G guruhi: Myanmar, Vetnam, Gongkong, Bruney, Sharqiy Timor
H guruhi: Tayland, Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy taypey, Shimoliy Mariana orollari
I guruhi: KXDR, Xitoy, Malayziya, Makau
J guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Filippin, Laos

Top