21:53 / 05.06.2015
3229

Uill Smitning 14 yoshli qizi Marc Jacobs brendining yuziga aylandi

Gollivudning mashhur aktyori Uill Smitning 14 yoshli qizi Uillou Smit Marc Jacobs brendining yuziga aylandi. Uillou kuzgi-qishki kampaniyada ishtirok etishi haqida dizayner Mark Jyeykobs o‘zining instagramida ma'lum qildi.

Modelerning aytishicha, u doimo uni ilhomlantiruvchi odamlar bilan ishlashni afzal ko‘rgan. Jyeykobs Uillouni iste'dodli, zamonaviy va go‘zal deb atadi.

Jyeykobs avval birga hamkorlik qilgan mashhur insonlar haqida so‘zlab o‘tdi va chiroy, zamonaviylik va iste'dod “yosh nimaligini bilmasligini” aytgan. Bir hafta oldin Marc Jacobs yangi kampaniyasining yana bir ishtirokchisi sifatida qo‘shiqchi Sher tanlangan edi.

Avvalroq aktyor Jonni Depp Dior brendining yangi yuzi deb atalgan.

Top