10:19 / 05.06.2015
2444

Xavi Messi faoliyatini yakunlasa, dunyoning eng zo‘r futbolchisi Neymar bo‘lishini aytdi

"Barselona” klubi yarim himoyachisi Xavi jamoadoshi Neymar borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Neymar – ajoyib inson. Garchi Braziliya terma jamoasining yetakchisi bo‘lishiga qaramay, u juda ham kamtarin yigit. Maydon tashqarisida u jamoadoshlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

U juda ham mahoratli futbolchi. Messi faoliyatini yakunlasa, dunyoning eng zo‘ri Neymar bo‘ladi. U jamoada katta vazifani bajaradi. 21-22 yoshda bunday darajaga erishish juda qiyin. Neymarning oltin davri oldinda ekaniga ishonchim komil”, - deydi Xavi.

Top