21:46 / 05.06.2015
2915

Yamanning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Salohga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Ali Abdulloh Saloh avtomobilga o‘tirmoqchi bo‘lganda to‘rt nafar zobit unga o‘q uzdi, oqibatda otishma boshlanib ketdi”, deb xabar berilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, siyosatchi omon qolgan. “Bu voqeadan keyin Saloh va uning o‘g‘liga vafodor bo‘lgan respublika gvardiyasi askarlari va Yaman armiyasining bir nechta bo‘linmasi Sanoning turli burchaklarida mujassamlandilar”, deb aytilmoqda xabarda.

Top