09:46 / 06.06.2015
4309

OAV: Germaniya JCh-2006 mezbonligiga ega chiqish uchun qurolsozlik sohasidan foydalangan

Zeit Online nashrida yozilishicha, Germaniya futbol bo‘yicha 2006 yilgi jahon chempionati mezbonligi huquqini ba'zi qing‘ir yo‘llar bilan qo‘lga kiritgan.

Xabarda aytilishicha, va kompaniyalari Tailand va Janubiy Koreyaning qo‘llab-quvvatlashiga erishish uchun bu mamlakatlardagi zavodlarga sarmoya kiritishga va'da bergan.

Shuningdek, 1998-2005 yillar davomida Germaniya kansleri bo‘lgan Gerxard Shreder mundial mezbonligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tishidan 1 hafta oldin nemislarning nomzodini qo‘llashi uchun Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berishga ko‘rsatma bergani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Germaniya mundial mezbonligi huquqini 2000 yilning 6 iyul kuni qo‘lga kiritgandi.

Top