15:16 / 06.06.2015
2034

Patris Evra: "Men Suaresga qarshi emas, "Barselona"ga qarshi to‘p suraman"

“Yuventus” himoyachisi Patris Evra Chempionlar ligasi finali oldidan “Barselona”ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan Luis Suares haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Men Suares uzr so‘rashini xohlamayman. Bu men uchun qiziq emas. O‘yin oldidan u bilan qo‘l berib ko‘rishaman. Suares hech qachon mening eng yaqin do‘stim bo‘lmaydi. Biroq bu muammo emas. Barchasi o‘tmishda qolgan. Men o‘z tanam rangi bilan faxrlanaman va “MYu”da o‘ynayotganimdagi kabi Suares bilan qo‘l berib ko‘rishaman.

Men “Barselona”ga qarshi o‘ynayman, Suaresga qarshi emas. Biroq unga o‘zimni maydonda ekanimni bildirib qo‘yaman.

Men Suaresni irqchi demoqchi emasman. Biroq o‘sha vaqtda u tomonidan menga nisbatan ishlatilgan so‘zlar orasida irqchilik so‘zlari bor edi”, – deydi Evra.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul”da to‘p surayotgan Luis Suares Evrani nisbatan ishlatilgan irqchilik qilib haqoratlagani sababli 8ta uchrashuvdan chetlatilgan hamda 40000 funt miqdordagi jarimaga tortilgan edi. 

Top