09:54 / 06.06.2015
2848

Qozog‘iston prezidenti "Muz-TV" telekanalining maxsus mukofotini oldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Muz-TV” telekanalining “Hayot uchun qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining saytida ma'lum qilindi.

“Katta miqyosdagi shouda Qozog‘iston va Rossiyaning zamonaviy estradasi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbir davomida Nursulton Nazarboyevga “Hayot uchun qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofoti berildi”, deb aytilmoqda xabarda.

Har yilgi an'anaviy “Muz-TV” musiqa mukofoti Ostonada “Astana-Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Top