22:52 / 06.06.2015
2955

Qozog‘iston va Belarus Rossiya orqali Eron neftini sotib olishi mumkin

Qozog‘iston va Belarus kelishuvga ko‘ra Rossiya orqali Eron neftini sotib olishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Bu haqda Eron neft vaziri Bijon Nomdor Zangoniy ma'lum qildi.

Zangoniyning aytishicha, Qozog‘iston va Belarus Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zolari bo‘lganlari uchun Eron neftini sotib olishlari mumkin.

Avvalroq Rossiya keyingi haftadan Erondan “mahsulotlar evaziga neft” bitimi doirasida Eron neft import qilishni boshlashi ma'lum qilingandi.

Top