08:02 / 06.06.2015
2088

Xitoydagi sayohat kemasi cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 331 kishiga yetdi

XXRning Xubey viloyatidagi Yantszi daryosida g‘arq bo‘lgan “Sharq yulduzi” sayohat kemasi qurbonlari soni 331 kishiga yetdi. Bu haqda CCTV telenanali tvitteri orqali xabar berilgan.

5 iyun kuni kema suv ostidan chiqarib olingandi.

Tirik qolganlarning guvohlik berishicha, kema 30-60 sekundda suv ostiga g‘arq bo‘lgan.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qutqaruvchmlarning ishi qiyinlashgan. Kemada bo‘lganlarning 16 nafari qutqarib qolingan.

XXR transport vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, kema bortida 456 kishi bo‘lib, ulardan 405 nafari yo‘lovchilar, 46 nafari ekipaj a'zolari va 5 nafari turistik agentliklar vakillari bo‘lgan.

Top