10:21 / 07.06.2015
2129

Argentina va Boliviya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Aguero xet-trikka erishdi

6 iyun kuni Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Boliviya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qildi. Bu o‘yinda 5:0 hisobi qayd etildi.

O‘yindagi gollarning 3tasiga "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero mualliflik qilgan bo‘lsa, ikkita gol "Manchester Yunayted" futbolchisi Anxel Di Mariya hisobiga yozildi.

Eslatib o‘tamiz, bu ikki jamoa 2009 yilning 1 aprelida ham La-Pasda o‘yin o‘tkazishgan va o‘shanda boliviyaliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. Oxirgi o‘yin orqali o‘sha mag‘lubiyatga munosib javob qaytarildi.

Argentina — Boliviya — 5:0

Gollar: Di Mariya, 25 (1:0); Aguero, 29 (2:0, pen); Aguero, 31 (3:0); Aguero, 51 (4:0); Di Mariya, 55 (5:0, pen).

Top