15:24 / 07.06.2015
2259

Blatterning qizi o‘z otasi FIFA ishonchni yo‘qotsa homiylar ketishidan qo‘rqqanini ma'lum qildi

FIFA prezidenti Yozef Blatterning qizi Korin otasining o‘z lavozimini tark etish qaroriga izoh berib o‘tdi.

“U futbol uchun ketdi. U menga FIFA ishonchni yo‘qotsa, homiylar ketib qolishidan qo‘rqishini aytgan edi.

Unga qarshi fitna uyushtirildi. Platini kongress davomida beldan pastki qismga zarba bergudek so‘zlarni aytdi. Menga hech qanday fitna bo‘lmaganini aytmang.

Men o‘z otamni yaxshi bilaman. U siz topishingiz mumkin bo‘lgan dunyodagi eng halol odam”, deb aytmoqda Blatterning qizi.

Avvalroq FQB va AQSh Adliya vazirligi Blatterni tergov qilayotgani ma'lum qilingandi.

Top