14:15 / 07.06.2015
4934

Chelyabinskda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari tartibsizlik keltirib chiqarishdi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyati hududida qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirlar guruhi g‘alayon ko‘tarishdi. Bu haqda Federal Migratsiya xizmati boshqarmasining Chelyabinskdagi bo‘limi rahbari Pavel Litvinga asoslangan holda Interfaks nashri xabar qilgan.

"O‘zbekistonga qaytarib yuborilishidan oldin qamoqxonada hibsda tutib turilgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari qo‘riqchilarga hujum uyushtirib, ularning ikki nafarini jarohatlashgan", deydi Litvin.

Xabarda aytilishicha, hujum qiluvchi guruh 15 kishidan iborat bo‘lgan, ularning biri qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda maxsus xizmarlar va chegarachilar ham uni qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Tartibsizlik uyushtiruvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilishi kutilmoqda.

Top