12:09 / 07.06.2015
5061

Erdo‘g‘an yangi saroyini eskisidagi suvaraklardan qutilish uchun qurdirganini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an eski prezident saroyi suvaraklar bilan to‘la bo‘lgani sabab, Anqarada yangi Oq saroy qurdirishga qaror qilgan. U suvaraklar Turkiya imijiga yarashmaganini qayd etib o‘tdi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, qiymati 615 million dollarga teng va 1150ta xonasi bor bu saroy turk millatining ramzi bo‘lib, uning qurilishi uchun sarflangan mablag‘ni «ortiqcha bo‘ldi», deb bo‘lmaydi.

Oq saroyning qurilishi 2011 yilda Turkiya bosh vazirining idorasi sifatida qurilishi boshlangan edi. 2014 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Erdo‘g‘an bu saroyni o‘z qarorgohi sifatida ma'lum qilgan.

Turk muxolifati bu saroy uchun sarflangan 615 mln dollarlik xarajatni isrofgarchilik deb atagan.

Top