08:37 / 07.06.2015
2151

Inesta YeChL finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

6 iyun oqshomida "Yuventus" va "Barselona" o‘rtasida o‘tkazilgan YeChL finalida kataloniyaliklar yarimhimoyachisi Andres Inesta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘yinning 77 daqiqasida o‘z o‘rnini Xaviga bo‘shatib bergan Inesta birinchi golga hammualliflik qilgandi.

Qayd etish joiz, "Barselona" bu o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozonish evaziga YeChL kubogini qo‘lga kiritgach, ushbu futbolchi jamoadagi faoliyati davomida bu kubokni to‘rtinchi marta qo‘lga kiritdi.

Top