16:07 / 07.06.2015
1980

Iroqda avtomobil portlashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Iroqning Baladro‘z shahrida yo‘l ustida joylashgan restoran yonida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda France 24 telekanali xabar bermoqda.

Bundan tashqari, portlash oqibatida 37 kishi jarohatlandi.

"IShID" terrorchilik guruhi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Top