18:50 / 07.06.2015
1743

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an parlament saylovlarida ovoz berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda mamlakatda 7 iyunda bo‘lib o‘tayotgan parlament saylovlarida ovoz berdi.

“Barcha partiyalar uzoq davom etgan saylovoldi marafonini bosib o‘tdilar. Bugun saylovlarda qatnashish darajasi yuqori bo‘ldi. Bu saylovlar davlatimizning barqarorligi va xavfsizligni ta'minlashiga aminman. Davlatimizga, xalqimizga farovonlik tilab qolaman”, deb aytdi Erdo‘g‘an saylov qutisiga byuletenni tushirgandan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida.

Turkiyaning 53,7 mln fuqarosi saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmoqda. Ular Turkiyadagi 20ta partiya va 165ta mustaqil nomzod orasidan Turkiya parlamentining 550 a'zosini saylashlari kerak bo‘ladi.

Top