11:20 / 07.06.2015
1834

Xitoydagi sayohat kemasi cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 400 nafardan oshgani qayd etildi

2 iyunga o‘tar kechasi Xitoyning Xubey viloyatidagi Yantszi daryosida g‘arq bo‘lgan “Sharq yulduzi” sayohat kemasi halokatga uchrashi natijasida 406 kishining o‘limi tasdiqlandi. 36 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Associated Press nashri xabar bergan.

5 iyun kuni kema suv ostidan chiqarib olingandi.

Tirik qolganlarning guvohlik berishicha, kema 30-60 sekundda suv ostiga g‘arq bo‘lgan.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qutqaruvchmlarning ishi qiyinlashgan. Kemada bo‘lganlarning 16 nafari qutqarib qolingan.

XXR transport vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, kema bortida 456 kishi bo‘lib, ulardan 405 nafari yo‘lovchilar, 46 nafari ekipaj a'zolari va 5 nafari turistik agentliklar vakillari bo‘lgan.

Top