09:52 / 07.06.2015
2855

"Yuventus" YeChL finallarida mag‘lubiyatga uchrash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

6 iyun oqshomida "Barselona" jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Yuventus" YeChL finallaridagi natijalari bo‘yicha antirekord o‘rnatdi.

Turinliklar jamoasi Berlindagi "Olimpiashtadion" o‘yingohidagi o‘yinda o‘z tarixida oltinchi marta YeChL finali o‘yinini boy berdi.

Jamoa 1992 yildan keyin yangi formatda joriy qilingan YeChL musobaqalarida beshinchi marta finalga chiqdi. "Yuventus" o‘z tarixida 8 marta YeChL finallarida o‘ynagan va 1985 yilda "Liverpul"ni, 1996 yilda esa "Ayaks"ni mag‘lub etib, chempion bo‘lgan. "Ko‘hna sinoralar" 1973 yilda "Ayaks"dan, 1983 yilda "Gamburg"dan, 1997 yilda "Borussiya"dan, 1998 yilda "Real"dan, 2003 yilda "Milan"dan va 2015 yilda "Barselona"dan mag‘lub bo‘ldi.

O‘z navbatida "Yuventus" safida harakat qilayotgan Patris Evra o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta ham YeChL finalida mag‘lub bo‘ldi. U 2004 yilda "Monako" safida, 2009 va 2011 yillarda esa "MYu" safida YeChL finallarida g‘alabaga erisha olmagan.

Top