12:17 / 08.06.2015
4774

9 iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

9 iyun kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol tezligi 7−12 metr/sekunddan 15−20 metr/sekundgacha chiqishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik bo‘lishiga qaramay kunduzi havo harorati 38−39 darajaga chiqishi aytilgan.

Top