14:24 / 08.06.2015
2138

Abdulaziz Komilov Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi

2015 yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad Amin Madani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va ularni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda bugungi kunda 57ta davlatni birlashtirgan tashkilotda mamlakatimizning ishtiroki muhokama qilindi.

Uchrashuvda IHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashida O‘zbekistonning 2016 yildagi bo‘lajak raisligi hamda TIVKning Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishning amaliy masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Top