18:07 / 08.06.2015
2048

Alibaba va Intel bulutli platformalar sohasida yangi koalitsiya tuzdi

Xitoyning Alibaba Group giganti dunyodagi eng yirik shaxsiy kompyuter protsessorlari ishlab chiqaruvchisi Intel bilan yangi koalitsiya tuzilganini e'lon qildi. Yangi koalitsiya oldida turgan vazifa bulutli servislar lokalizatsiyasidir.

Tashabbus Marketplace Alliance Program deb atalgan. Unda AQShning Equinix, Singapurning Singtel, BAAning Meraas Holdings, Fransiyaning Linkbynet kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Ta'kidlanishicha, alyans jahon ishlab chiqaruvchilarining mintaqaviy ehtiyojlarini qondiradi.

Top