11:54 / 08.06.2015
1999

FIFA 2018 va 2022 yilgi JCh mezbonligi uchun saylovlarda qonunbuzilish holatlari hozircha yo‘qligini ta'kidladi

Rossiya hamda Qatar 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionati mezbonligi uchun kurash kampaniyasi vaqtida poraxo‘rlik holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlangan taqdirda ular chempionatlarni o‘tkazish huquqidan mahrum qilinishi mumkin, deya ta'kidlab o‘tdi FIFAning audit va huquqlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyasi raisi Domeniko Skala.

«Agar Rossiya va Qatarga jahon chempionatini o‘tkazish huquqi davomida ovozlar sotib olingani ma'lum bo‘lsa, mezbonlik bu davlatlardan olib qo‘yilishi mumkin», deya Skalaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reyter axborot agentligi.

Oldinroq, FIFAning bir qator yuqori lavozimli xodimlari korrupsiyada ayblanib hibsga olingandi. Bular Jyeffri Uebb, Euxenio Figeredo, Eduardo Li, Xulio Roka, Kostas Takkas, Rafael Eskivel, Xose Mariya Marin edi.

Hozirda FIFAda so‘nggi yigirma yillikda amalga oshirilgan ishlarni jahon chempionatini o‘tkazish, marketing sohalarida tekshiruvlar olib borilmoqda.

Top