08:59 / 08.06.2015
2855

G7 sammitining ikkinchi kunida terrorchilik va qashshoqlikka qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqiladi

Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitining ikkinchi, yakuniy, kuni tartibida qashshoqlikka, terrorchilikka, epidemiyalarga qarshi kurash, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, ayollarning mavqeini oshirish, rivojlanish siyosati singari masalalar bo‘ladi.

Sammit 7 iyun kuni boshlandi. Unda Germaniya, AQSh, Kanada, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya yetakchilari ishtirok etmoqda.1998 yili G8 formatida guruhga qabul qilingan Rossiya Qrimni egallab olgani va Ukraina muammosi tufayli tadbirda ishtirok etishdan chetlashtirildi.

Bundan tashqari, tadbirga maxsus taklif qilingan mehmonlar yetib keldi. Liberiya prezidenti Elen Jonson-Serlif, Senegal rahbari Maki Sall, Efiopiya bosh vaziri Xaylemariam Desalen, Tunis prezidenti Beji Qayd as-Sabsiy, Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy va Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiylar tashrif buyurdi. Ular AQSh yetakchisi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Top