07:03 / 08.06.2015
2878

Germaniyaning sobiq kansleri G12 yoki G14 sammitini tashkil etish zarurligini aytdi

Germaniya federativ respublikasi sobiq kansleri Gulmet Shmidt Bild nashriga bergan intervyusida G7 sammiti qamrovining kichik ekanligini, u yerga Rossiya, XXR va Hindistonni qo‘shish kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Rossiyaning sammitdagi ishtiroki kerak yoki kerak emasligi haqidagi savolga javob berarkan, sobiq davlat rahbari guruhga, Rossiyadan tashqari, Xitoy va Hindiston ham qo‘shilishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Shmidtning fikricha, bu millatlar yetarli darajada kuch to‘play olgan, endilikda dunyo tartibini o‘rnatishda ularning fikrini ham inobatga olish mumkin.
Shuningdek, uning fikricha, G7 formatini G12 va hatto G14ga o‘zgartirish mumkin.

Top