18:12 / 08.06.2015
1984

Joze Mourino: Yana bir hujumchi sotib olishimiz lozim

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino yana bir kuchli hujumchiga ehtiyoj borligini bildirdi.

"Biz hujumchi sotib olishimiz lozim. Chunki jamoada uch nafar kuchli hujumchi bo‘lishi lozim. 

Jamoaga darhol kirishib keta oladigan futbolchi topish juda mushkul ish. Chunki Diyego Kostadan yaxshiroq hujumchi, Kurtuadan yaxshiroq darvozabon va Fabregas yoki Matichdan kuchliroq yarim himoyachi topish oson emas. 

Biz jarohatlardan saqlanish maqsadida ikki, uch nafar futbolchi sotib olmoqchimiz", - deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt oldinroq "Chelsi" "Monako" hujumchisi Radamel Falkaoga qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Top