23:14 / 08.06.2015
2059

Obama FIFA halollik va oydinlik tamoyillarida faoliyat yuritishi juda muhimligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama FIFAning halol va ochiq-oydin ishlashini istayotganini aytdi. Bu haqda u Germaniyadagi “Katta yettilik” sammiti yakunlariga ko‘ra ma'lum qildi.

“FIFA halollik, oydinlik va javobgarlik tamoyillarida faoliyat yuritishi muhimdir. Ayblovlar va tergovlar davom etmoqda va biz shu narsani yodimizda saqlashimiz kerakki, futbol – bu nafaqat o‘yin, balki katta biznes hamda ulkan milliy iftixor manbaidir”, deb aytdi Obama.

Obama AQSh prokuraturasi tomonidan FIFA faoliyati tergov qilinayotganiga izoh berishdan bosh tortdi.

Top