08:27 / 08.06.2015
2488

Obama: Ukraina inqirozini mamlakat butunligi prinsipi asosida hal qilish mumkin

Ukraina inqirozi tinch yo‘l bilan, diplomatik vositalar bilan hal qilinishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

“O‘ylaymizki, bu muammoni hal qilishning, tinch, diplomatik yo‘llari bor, bu Yevropa, AQSh va transatlantika hamkorlaridan suverenitet va hududiy yaxlitlik prinsiplarida qat'iy turishni talab qiladi”, – uning so‘zlarini keltiradi Oq Uyning rasmiy sayti.

Shuningdek, u Rossiya va Donbass qurolli kuchlariga ta'sir o‘tkazish maqsadida iqtisodiy sanksiyalarni saqlab qolish tarafdori ekanligini bayon qildi.

Top