07:14 / 08.06.2015
11571

Obama va Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalar borasida bir to‘xtamga kelishdi

AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalarning davomiyligi bo‘yicha kelishuvga erishishdi, deb Oq uy bergan bayonotga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Obama va Merkel “Katta yettilik"ning birinchi yalpi yig‘ilishida yuzma-yuz uchrashib, “Rossiyaga qarshi sanksiyalar davomiyligi Rossiya tomonidan Ukraina bo‘yicha Minsk kelishuvlarining to‘liq bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligiga” kelishib olgan.

Shuningdek, ikki davlat rahbari Transatlantika savdo va investitsiya hamkorligini muhokama qilishdi va kelgusi kelishuvlar doirasida birgalikdagi faoliyatning muhimligini ta'kidlab o‘tishdi.

Germaniyadagi Elmau qasrida 7-8 iyun kunlari “Katta yettilik” davlatlari – Germaniya, AQSh, Kanada, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. “Yettilik”ka 1998 yilda qabul qilingan Rossiya Ukrainadagi vaziyat tufayli 2014 yildan bu guruhdan chetlatilgan.

Top