06:53 / 08.06.2015
4770

Oq uy Putinni sovuq urush kayfiyatini targ‘ib qilishda ayblanmoqda

Oq uyning rasmiy vakili Josh Ernest Rossiya prezidenti Vladimir Putinni sovuq urush mentalitetini alangalatishda aybladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Ayrimlar, ayniqsa Putin, sovuq urush mentalitetini qayta jonlantirib, alangalatishga harakat qilmoqda”, – ta'kidlab o‘tdi u Bavariyadagi G7 sammitida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sovuq urush sammitda ishtirok etayotgan birorta davlatning manfaatlariga mos kelmaydi.

Top