07:11 / 08.06.2015
3390

Oq Uy vakili Vashington bir qator masalalar bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi

Oq Uyning rasmiy vakili Josh Ernest G7 sammitida, Ukraina borasidagi ixtiloflarga qaramay, AQSh bir qator masalalar bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini e'tirof etdi.

“Biz har ikki mamlakatning milliy xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan bir qator masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishimiz mumkin. Bu ayniqsa Suriyadan kimyoviy qurol zaxiralarini olib chiqishga aloqador. Yoki Eron bilan muzokaralar olib borib, uning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘q qo‘ymasligini olaylik. Bu yo‘nalishdagi muzokaralarga Moskva ulkan hissa qo‘shmoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Bundan tashqari, Josh Ernest Rossiya rahbari Vladimir Putinni sovuq urush mentalitetini targ‘ib qilishda aybladi.

Top