10:20 / 08.06.2015
1730

O‘zbekiston Senati delegatsiyasi Fransiyaga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Senati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti delegatsiyasi Fransiyaga tashrif buyurdi.

Tashrif YeIning «O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimini yanada mustahkamlash va mintaqaviy Kengashlar bilan aloqalarni rivojlantirish» loyihasi doirasida tashkil qilindi.

Tashrifdan maqsad Fransiya Senati va Milliy Assambleyasi faoliyati, ularning qo‘mitalari ishining tashkillashtirilishi, qonun chiqarish ishini ko‘rib chiqish tartibi bilan tanishish, shuningdek parlamentlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha tajriba va fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Top