18:34 / 08.06.2015
2227

O‘zbekiston U-16 terma jamoasining Osiyo chempionati saralash o‘yinlari taqvimi ma'lum bo‘ldi

Timur Olimxo‘jayev boshqarib kelayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasining Osiyo chempionati-2016 saralash bosqichidagi o‘yinlari taqvimi ma'lum bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi.

“A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 12—20 sentabr kunlari Falastinda bo‘lib o‘tadigan saralash o‘yinlarida Yaman, Maldiv hamda Falastin U-16 terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu o‘yinlarning to‘liq taqvimi quyidagicha:

16 sentabr, 2015.

O‘zbekiston – Maldiv

Yaman – Falastin

 18 sentabr, 2015.

Maldiv – Yaman

Falastin – O‘zbekiston

 20 sentabr, 2015.

O‘zbekiston – Yaman

Falastin – Maldiv

Top