14:57 / 08.06.2015
2804

Peeple – eshikdagi tirqish uchun Wi-Fi-videokamera

Kickstarter saytida simsiz Peeple videokamerasi loyihasi muvaffaqiyatli moliyalashtirildi. Bu videokamera kirish eshigi uchun telefon raqami aniqlagichining muqobili bo‘ladi.

Peeple asosi eshikning ichki tomonidan eshik glazogi mahkamlagichiga o‘rnatiladi. So‘ngra asosiy blok asosiga hech qanday mahkamlagichsiz mahkamlanadi. Bu agar glazokdan qarash kerak bo‘lsa kamerani tezda olib turish imkonini beradi. Bundan tashqari, Peeple’ni oynavand eshiklarga yelim bilan mahkamlasa bo‘ladi.

Qurilma uydagi Wi-Fi simsiz aloqa tarmog‘iga ulanadi, undan tasvir maxsus dastur o‘rnatilgan smartfonga uzatiladi (dasturning Android va iOS operatsion tizimlari uchun versiyalari mavjud). Bunda uy egalari internetga chiqish bo‘lgan dunyoning istalgan nuqtasidan turib, tasvirlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Peeple’ga o‘rnatilgan akselerometr eshik qoplamasidagi tebranishni yoki eshik ochilganini aniqlab, avtomatik ravishda videoga olishni boshlaydi. Bundan keyin foydalanuvchiga bu haqda xabar keladi. Bundan tashqari, videoqator keyinchalik ko‘rish uchun saqlab qo‘yiladi.

Ichki o‘rnatilgan akkumulyator batareyasi yarim yilgacha avtonom ravishda ishlashni ta'minlaydi. Istiqbolda Peeple uchun nafaqat eshikni taqillatishda, balki eshik qo‘ng‘irog‘i bosilganda yoki odam uyning yonida paydo bo‘lganining o‘zidayoq ishga tushishga imkon beruvchi aksessuarlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Dastavval loyiha ishtirokchilari Kickstarter orqali 50 ming dollar yig‘ishni rejalashtirishgandi. Hozirda 70 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Peeple videokamerasi 150 dollar narxdan taklif etilmoqda.

Top