17:08 / 08.06.2015
1507

"Sevilya" Bakkaning o‘rniga Lorenteni sotib olishi mumkin

"Yuventus" jamoasining ispaniyalik hujumchisi Fernando Lorente keyingi mavsumda "Sevilya" jamoasida harakat qilishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, andalusiyaliklar bu 30 yoshli futbolchini Karlos Bakkaga o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. Kolumbiyalik hujumchi yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkinligi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Lorente 2014-2015 yilgi mavsumda "Yuventus" safida 31 o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol hamda bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top