19:12 / 08.06.2015
3760

Toshkent aholisi shahardagi avtomobil yo‘llarining sifatsiz ta'mirlanishidan shikoyat qildi

Toshkent shahri aholisining fikricha, har yili shahar yo‘llari ta'mirlanadi, lekin ular sifatsiz bajarilgani bois, keyingi yilga yana ta'mirtalab bo‘lib qolaveradi.

Feysbuk tarmog‘idagi “Jamoatchilik nazorati” guruhi ishtirokchilaridan biri yozishicha, shu kunlarda “Do‘stlik” metro bekati atrofida yo‘lga asfalt yotqizilayapti-yu, biroq  yana sochilib ketmoqda. Sababi yotqizilayotgan asfalt ustidan mashina va avtobuslar bemalol o‘tib ketishmoqda. Foydalanuvchi bunday paytda yo‘llar vaqtincha to‘sib qo‘yilib, asfalt bilan yamalmasdan, to‘liq yotqizilsa bo‘lmaydimi, degan fikrni bildirgan.

Guruh ishtirokchilari, shuningdek, Samarqandda ham yo‘llarni  yamab qo‘yish holatlari kuzatilayotganini aytishgan. Ular har litr yoqilg‘idan yo‘l xarajatlari uchun soliq olinayotganini, agar ushbu soliqlar faqat yo‘l uchun sarflanganda, “Monakodagi Formula-1 avtopoygalari o‘tkaziladigan yo‘lday bo‘lishi kerak”, degan fikrni ham yozib qoldirishgan.

Top