08:17 / 08.06.2015
1870

Turkiya bosh vaziri parlament partiyalarini yangi konstitutsiya qabul qilishga chaqirdi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovud Gulo‘g‘li parlament tarkibiga kirgan partiyalarni yangi konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish jarayonini boshlashga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz sahna orti o‘yinlariga qarshimiz. Biz barcha partiyalarni yangi konstitutsiya ishlanmalariga da'vat qilamiz”, – dedi hukumat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, boshlang‘ich ma'lumotlarga qaraganda, Turkiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida qo‘llangan 99 foiz byulletenlar ko‘rib chiqildi. Ularning natijalariga ko‘ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi 40.94 foiz olib, 550 o‘rindan 259tasiga ega chiqdi.

Top