10:14 / 09.06.2015
2284

Apple yangi iOS 9 taqdimotini o‘tkazdi

Apple iPhone va iPad uchun yangi iOS 9 taqdim qildi. Bu haqda San-Frantsiskodagi WWDC konferensiyasi vaqtida kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Federigi ma'lum qildi.

Yangi versiyada Siri nomli ovozli yordamchi tizimi o‘rnatilgan. Bu tizim qurilma egasining hayotida qulayliklar yaratishni ko‘zda tutadi. Bu tizimda ertalab yugurishga chiqqanda pleyer avtomatik ravishda yoqiladi, pochtaga kiruvchi xabarlar tekshirilib, tahlil qilinadi va kun tartibi uchun qulay tavsiyalar beriladi.

Top