15:54 / 09.06.2015
3007

Google ko‘z pardasini skanerdan o‘tkazuvchi linza uchun patent oldi

AQShning patentlar va savdo belgilari bo‘yicha boshqarmasi (USPTO) Google kompaniyasiga №9,047,512 raqamli Contact Lenses patentini berdi.

Ta'kidlanishicha, yangi turdagi linzalarga ko‘zning rangdor pardasi skaneri o‘rnatilgan. Uyg‘unlashgan sensorlar parda tushayotgan yorug‘likni qanday aks ettirayotgani haqida axborot to‘playdi. Bu ko‘zning raqamli portretini shakllantirish va uni identifikator sifatida qo‘llash uchun kerak.

Linzalar bir qancha qatlamlardan iborat. Birinchi qatlamda sensorlar, ikkinchisida esa mikrokontrollyor joylashadi. Kontakt linzalar o‘zining asosiy vazifasi – ko‘z nurini tiklash ishini ham bajara oladi.

Patent uchun murojaatnoma 2014 yil 13 iyunda kiritilgan edi. Kompaniyaning ushbu kashfiyotni amalga qanday tatbiq etishi borasidagi rejalari oshkor etilmayapti.

Top